20.04.2013
AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha
muovini Robert Bleyk (Robert Blake) 22-26 aprel kunlari Qozog'iston va
O'zbekistonda bo'ladi.
Ostonada u 23-aprel kuni Qozog'iston hukumati a'zolari bilan muzokaralar olib broadi, so'ngra Nazarboyev Universitetida talabalar oldida so'zlaydi.
Bleykning fuqaro jamiyati a'zolari bilan uchrashishi ham kutilmoqda.
Amerika yetakchi diplomati 24-aprel kuni Toshkentda ham yuqori lavozimli rasmiylar bilan uchrashadi.
Keyin esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida ma'ruza qiladi. Maqsad - yoshlar bilan davra suhbati qilish, deydi Davlat departamenti rasmiylari.
Bleyk O'zbekiston poytaxtida ham nohukumat tashkilotlar vakillari, fuqaro jamiyati a'zolari va mustaqil faollar bilan suhbatlashish umidida.
26-aprel kuni Almatida "Osiyo yuragi" nomi ostida katta xalqaro anjuman ochiladi. Unda AQSh Davlat kotibi o'rinbosari Vilyam Berns (William Burns) ishtirok etadi. Bleyk ham unda qatnashadi.
Yig'in asosan Afg'onistonga bag'ishlanadi va o'tgan yili Istanbulda boshlangan mintaqaviy tashabbusning davomi. Unga ko'ra, urushdan charchagan davlat atrofidagi mamlakatlar birgalikda yordamni oshirib, xavfsizlikni ta'minlash va iqtisodiy taraqqiyot yo'lida hamkorlikni kengaytirishi kerak.

Комментариев нет:
Отправить комментарий