четверг, 20 июня 2013 г.

Tataristonda 8 yoshli qizaloqni o‘ldirganlikda ayblangan o‘zbekning ishi qayta ko‘riladi


20 iyun kuni Tatariston Oliy Mahkamasi 8 yoshli maktab o‘quvchisining o‘ldirilishi bilan bog‘liq jinoiy ishni qayta ko‘rib chiqadi.
Oliy Mahkama matbuot kotibasi Natalya Loseva matbuotga gapirarkan, "ish yopiq eshiklar ortida jyuri tarafidan" muhokama etilishini aytgan.
12 nafardan iborat hay‘at 80 nafar nomzod orasidan tanlab olingan.
Naberejniye Chelni shahrida sakkiz yashar qizaloqning o‘ldirib ketilishida O‘zbekistonda tug‘ilgan fuqaro Farrux Tashbayev ayblanmoqda.
O‘zbekistonlikning 30 yoshda ekani, 2010 yilda u Tataristonga borgani xabar qilingandi.
30 yoshli Tashbayevga balog‘atga yetmagan shaxsni o‘g‘irlash, jinsiy tahqirlash, zo‘rlash va qotillik ayblovlari qo‘yilgan.
2-sinf o‘quvchisi bo‘lgan Vasilisa Galitsina 2 fevral kuni maktabdan qaytmagan. Uning onasi bu haqda politsiyaga xabar bergan.
Vasilisani topish ishlarida mahalliy politsiya, favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlariga ko‘maklashish uchun minglab ko‘ngillilar qo‘shilishgan.
Oradan to‘rt kun o‘tib gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan, biroq u qotillikni bo‘yniga olmagan.
Mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik bilan bir kamerada bo‘lgan mahbuslar "savol-javobi" yakunida u qizchani o‘ldirganini tan olgan.
So‘ng u politsiyani qizning jasadini tashlab ketgan joyga yetaklab borgan.
Xullas, 6 fevral kuni qizaloqning jasadi qalin qor tagidan topilgan.
Huquq-tartibot organlariga ko‘ra, qizcha o‘ldirilishidan oldin zo‘rlangan.
Ekspertiza qiz g‘oyib bo‘lganidan ikki soat o‘tib o‘ldirilgan, degan xulosaga kelgan.
Qizaloqning zo‘rlab o‘ldirilgani haqidagi xabar butun Tataristonni larzaga solgandi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий