
Qo‘shma Shtatlar Xitoy, Rossiya va
O‘zbekiston hukumatlarini o‘z mamlakatlari ichkarisida inson savdosi va
qullik bilan bog‘liq holatlarni bartaraf eta olmayotgani uchun
qoralagan.
Amerika Davlat departamenti yangi hisobotida 188
mamlakatdagi inson savdosi miqyosi o‘rganib chiqilgan va va muammo
neqadar dolzarb ahamiyat kasb etganiga qarab pog‘onalarga ajratilgan.AQSh Davlat departamenti Xitoy, Rossiya va O‘zbekistonni quyidagi uchlikka kiritgan. Mazkur mamlakatlar hukumatlari Trafik qurbonlarini himoya qilish aktiga to‘la amal qilganmaganlar va yo bu ishni amalga oshirish uchun yetarlicha urinmaganlar sifatida ta‘riflangan.
Ushbu uch mamlakatda rasmiylarning bunday holatlarga doimiy ishtiroklari to‘xtatish, davlat homiyligidagi qullik va keng tarqalgan majburiy mehnat, jinsiy ekspluatatsiya va o‘z fuqarolari hamda xorijiylarni qullikka tashlash kabi holatlarga qarshi talabga muvofiq ravishda kurash olib bormaslik hollari qayd etilgan.
Hisobotda aytilishicha, Xalqaro Mehnat tashkiloti dunyo bo‘ylab 21 million inson o‘z ixtiyoriga qarshi mehnatga majburlangan deb hisoblasa-da, o‘tgan yili hukumatlar faqat 47000 kishinigina majburiy mehnat qurboni sifatida tan olganlar.
Jahonda inson trafikingi jinoyatlarini sodir etganlarni javobgarlikka tortish ham ko‘paygani qayd etiladi, 2010 yil bilan 2013 yil orasida bu ko‘rsatkich 10 foizga oshgani aytilgan.
AQSh Davlat departamentining O‘zbekiston, Rossiya va Xitoyni odam savdosi va majburiy mehnat hollarining uchinchi darajasi kuzatilayotgan mamlakatlar qatoriga qo‘shgan.
Bu darajada Saudiya Arabistoni, Yaman va Zimbabve ham o‘rin olgan.
AQSh qonunlariga ko‘ra, inson savdosi va majburiy mehnat hollarining uchinchi darajasiga kiritilgan mamlakatlarga savdo-sotiqqa bevosita bog‘liq bo‘lmagan sanktsiyalar joriy etilishi mumkin.
Bu sanktsiyalar AQSh xorijiy ko‘maklari kamaytirilishi va xalqaro moliya institutlari yordamlari cheklanishiga yetaklashi mumkin.
Yangi hisobot AQShning yangi Davlat kotibi Jon Kerri qo‘li ostida e‘lon qilingan.
Hisobotda Xitoy, Rossiya va O‘zbekistonning quyi darajaga tushirilishini odam savdosiga qarshi kampaniya faollari olqishlaganlar, bu qaror "jasur" qadam, deb ta‘riflangan.
AQSh Davlat departamentining ayni mavzudagi hisoboti 2001 yildan beri chop etiladi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий